Tennischi Denis Istomin professional sportchilik faoliyatini yakunladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Denis Istomin bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin professional sportchilik faoliyatini yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Toshkentda "Devis kubogi" doirasidagi O‘zbekiston - Polsha uchrashuvidan so‘ng xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, Istomin faoliyati davomida London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 2018-yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin, shuningdek, Guanjou-2010 da 2 ta kumush hamda Incheon-2014da 1 ta bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan.
2012 yil ATP tasnif jadvalida 33-o‘ringacha ko‘tarilgan. Mazkur tashkilot bayrog‘i ostida o‘tgan turnirlarda 2 bor (2015, 2017-yillar) bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu natijalari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
© Natsionalniy Olimpiyskiy komitet
Uzbekistanskiy tennisist Denis Istomin pokinul bolshoy sport - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Natsionalniy Olimpiyskiy komitet
Uzbekistanskiy tennisist Denis Istomin pokinul bolshoy sport - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Natsionalniy Olimpiyskiy komitet
Uzbekistanskiy tennisist Denis Istomin pokinul bolshoy sport - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0