O‘zbekistonning Kuvaytdagi yangi elchisi tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Sputnik / A. Ignatov / Mediabankka o‘tishKuwait
Kuwait - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
Obuna bo‘lish
Yangi elchi arab, rus va ingliz tillarini mukammal biladi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ayubxon Yunusov 2016-2022 yillarda mamlakatning Kuvaytdagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahromjon A’loyev o‘rniga tayinlandi.
© IA DunyoAyubxon Yunusov
Ayubxon Yunusov do naznacheniya v El-Kuveyt rabotal nachalnikom upravleniya Konsulsko-pravovogo departamenta MID - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2024
Ayubxon Yunusov
50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, "Al-Azhar" universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.
2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.
Arab, rus va ingliz tillarini mukammal biladi.
Yangiliklar lentasi
0