Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko uchrashdi — tashrifning birinchi kuni qanday o‘tdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBelarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga  rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuv chog‘ida prezidentlar ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni prezident etib saylangani bilan tabriklashdi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBelarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
V ramkax programmi ofitsialnogo vizita Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko posetil ledoviy dvores Xumo Arena v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.

“Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘zi ham bir necha bor muz maydoniga tushgan”, — deyiladi xabarda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBelarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko posetil ledoviy dvores Xumo Arena v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrifining birinchi kunida “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
Tanishuv chog‘ida prezidentlar Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilishdi. O‘yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
V ramkax programmi ofitsialnogo vizita Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko posetil ledoviy dvores Xumo Arena v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
1/2

2/2
1/2
2/2
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovningn yozishicha, shu kuning o‘zida kamdan-kam uchrab turadigan hodisa - ikki mamlakat yetakchisi birgalikda uchinchi mamlakat rahbariga telefon qilishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAleksandr Lukashenko va Shavkat Mirziyoyev
V ramkax programmi ofitsialnogo vizita Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko posetil ledoviy dvores Xumo Arena v gorode Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Aleksandr Lukashenko va Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklashdi.
Mirziyoyev saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 8-fevral kuniga rejalashtirilgan.
Belarus prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki rahbarning uchrashuvi yakkama-yakka va delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi.

"Prezidentlarning diqqat markazida davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish masalalari bo‘ladi. Tomonlar turli sohalarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, ta’lim va turizm kabi sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi", — deyiladi xabarda.

Muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. Xususan, Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyevning taklifiga binoan Lukashenko 7-9 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0