Mirziyoyev va Lukashenko “Amirsoy”da chang‘i uchdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort "Amirsoy"
Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Obuna bo‘lish
Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdilar.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort "Amirsoy"
Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha dastur va Turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort "Amirsoy"
Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort "Amirsoy"
Shavkat Mirziyoyev i Aleksandr Lukashenko posetili gorniy kurort Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko v soprovojdenii Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva posetili Texnopark v gorode Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2024
Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka sayohat — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
Yangiliklar lentasi
0