Boks: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi "Stranja"da umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© Federatsiya boksa UzbekistanaBoks
Boks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2024
Obuna bo‘lish
Musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi "Stranja"da umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Bolgariyaning Sofiya shahrida 2-11 fevral kunlari “kichik jahon chempionati” hisoblangan “Strandja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 28 davlatdan 261 nafar sportchi (178 erkaklar, 83 nafar ayollar) ishtirok etdi.
Unda erkaklar 13 ta vaznda, ayollar esa 6 vazn toifasi bo‘yicha bellashdi.
“Boks olamida “Kichik jahon chempionati” sifatida e’tirof etiladigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi asosan yosh tarkibda ishtirok etdi. Shunga qaramay, vakillarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi”, — deyiladi xabarda.
© Federatsiya boksa UzbekistanaBoks
Boks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2024
Boks
Sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha:
Oltin: -50 kg Sabina Boboqulova, -54 kg Ho‘janazar Nortojiyev, -60 kg Abdumalik Xalokov, -71 kg Iqboljon Xoldorov, -75 kg Javohir Ummataliyev, +92 kg Jahongir Zokirov.
Kumush: -57 kg Shahzod Muzaffarov, -63,5 kg Adhamjon Muhiddinov.
Bronza: -57 kg Humorabonu Mamajonova, -51 kg Asilbek Jalilov, -54 kg Hasanboy Do‘smatov, -60 kg Dilshod Abdumurodov, -75 kg Fazliddin Erkinboyev, -86 kg Samandar Jalolov.
© Federatsiya boksa UzbekistanaBoks
Boks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2024
Boks
Musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu borada ikkinchi o‘rinni Hindiston band etdi. Kuchli uchlikka esa mezbon Bolgariya yakun yasadi.
Yangiliklar lentasi
0