Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida Ukraina piyoda askarlar guruhini yo‘q qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota gvardeyskoy 200-y motostrelkovoy brigadi Severnogo flota v zone SVO.
Boyevaya rabota gvardeyskoy 200-y motostrelkovoy brigadi Severnogo flota v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2024
Obuna bo‘lish
Harakatlanuvchi minomot yordamida batalon bo‘linmasi dushmanga qarshi zarba berdi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiyaning harakatlanuvchi minomoti Dneprning o‘ng qirg‘og‘idagi tashlandiq qishloqdagi binoda joylashgan ukrainalik piyoda askarlari va dron operatorlari guruhini yo‘q qildi. RIA Novosti muxbiri Xerson yo‘nalishida old safdagi rossiyalik askarlarning harakatlarini kuzatdi.

"Dronlar bo‘linmasi bizga askarlar va texnikalar to‘plangan joy koordinatalarini berdi. Harakatlanuvchi minomot yordamida batalon bo‘linmasi dushmanga qarshi zarba berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, nishon yo‘q qilingan", – deya xabar berdi "Nolpatiy" chaqiruv belgili "Dnepr" guruhi ofitseri.

"Harakatlanuvchi minomot" ekipaji – mobil bo‘linmadir. U front oldingi chizig‘i bo‘ylab harakatlanadi. Ekipaj razvedchiklardan nishon yo‘nalishi olinganidan so‘ng, minomotni uzatilgan koordinatalar bo‘yicha ishlashga imkon beradigan eng yaqin joyga joylashtiriladi.
Jangchilar tezda zalp bilan bir nechta zarbalar amalga oshiradi, yo‘nalishni o‘zgartirib, pozitsiyani tark etishadi. Ekipajning bir joydagi butun jangovar ishi uch daqiqadan ko‘proq vaqtni olmaydi, shuning uchun unga dushman artilleriyasi javoban zarba bera olmaydi.
Shkola obucheniya operatorov BPLA, proizvodstvo FPV-dronov i samoletov tipa kamikadze na baze dobrovolcheskogo batalona imeni P. Sudoplatova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2024
Rossiya birinchi dronlar urushi tarixida g‘alaba qozonmoqda
Yangiliklar lentasi
0