Rossotrudnichestvo Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi

CC0 / A.Savin / Moscow Vozdvizhenka18 manor Federalnoe agentstvo po delam Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv, sootechestvennikov, projivayushix za rubejom, i po mejdunarodnomu gumanitarnomu sotrudnichestvu (Rossotrudnichestvo).
Federalnoe agentstvo po delam Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv, sootechestvennikov, projivayushix za rubejom, i po mejdunarodnomu gumanitarnomu sotrudnichestvu (Rossotrudnichestvo). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Obuna bo‘lish
“Rossotrudnichestvo” rahbari: Ishonchim komilki, janob Qudratxo‘ja o‘zi yoqtirmagan davlatga shunchaki tashrif buyura olmasa ham, xafa bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Rossotrudnichestvo” Rossiyaga qarshi bayonotlari tufayli O‘zbekiston Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘ja bilan barcha aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov ma’lum qildi.
Avvalroq rektor mahalliy bloger bilan suhbatda 60-yillarda zilziladan keyin Toshkentni tiklash uchun kelgan va qolgan O‘zbekiston aholisi va ularning o‘zbek tilini bilmaydigan oila a’zolari o‘zlarining kimligi – “bosqinchi yoki ahmoq” ekanini belgilashi kerak deb aytdi.
© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishRukovoditel Rossotrudnichestva Yevgeniy Primakov
Rukovoditel Rossotrudnichestva Yevgeniy Primakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Rukovoditel Rossotrudnichestva Yevgeniy Primakov

“Ishonchim komilki, janob Qudratxo‘ja nafaqat o‘zi, balki yaqinlari ham Rossiyada o‘qish, u bilan foydali biznes yuritish, stajirovkada qatnashish va boshqa imkoniyatlarni qo‘lga kirita olmasa, hatto o‘zi yoqtirmagan davlatga shunchaki tashrif buyura olmasa ham, xafa bo‘lmaydi”, — dedi “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov.

Shu bilan birga, “Rossotrudnichestvo” rahbari “O‘zbekistonda Qudratxo‘jayevning rusofob fikrlari mashhur emasligiga”ga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi madaniy markaz, rus uyi, madaniy, ta’lim va ilmiy almashinuvning ko‘plab dasturlari, rus tili, san’atiga bo‘lgan talab, Rossiya oliy ta’limining O‘zbekiston aholisi uchun jozibadorligi shundan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan u respublika mas’ul vakillari “mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi amalda mavjud do‘stlik, ittifoqchilikdan kelib chiqqan holda” bu jirkanch bayonotlarga qo‘shilmasliklarini bildirishlariga ishonch bildirdi.
"Ishonchim komilki, Rossiyada ta’lim olishni istagan yuzlab va minglab yoshlar, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘sib borayotgan savdo aylanmasi, turizm, do‘stlik qadriyatlari, o‘zaro yordam, bizni birlashtirgan Ulug‘ Vatan urushining tarixiy xotirasi, zilziladan keyin Toshkentning qayta tiklanishi, bularning barchasi va yana ko‘p narsalarular har daqiqada rusofob Qudratxo‘jayevning ota-onasi tomonidan juda yomon tarbiyalanganligini tasdiqlaydi", — deya qayd etdi u.
Yangiliklar lentasi
0