Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaradigan loyihalar ishga tushiriladi

© Sputnik/Anna JelixovskayaSbor i pererabotka otxodov
Sbor i pererabotka otxodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Obuna bo‘lish
Kelgusida Andijon tajribasi mamlakatning boshqa hududlarida ham tatbiq etiladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Andijonda organik chiqindidan o‘g‘it va elektr ishlab chiqaradigan loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ishlar hamda kelgusi rejalarga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu yangi tizim bo‘yicha birinchi pilot loyiha Andijon viloyatida amalga oshiriladi.
“Jumladan, Andijon tumanida 13 million dollar investitsiya evaziga organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it, Asakada chiqindidan yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradigan loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Kelgusida ushbu Andijon tajribasi yurtimizning boshqa hududlarida ham tatbiq etiladi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mamlakatda yiliga o‘rtacha 6,8 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. So‘nggi yillarda sanitar tozalash xizmati bilan qamrab olingan mahallalar soni 90 foizdan oshdi. Lekin chiqindilarni qayta ishlash darajasi yuqori emas. Hozirda bunday korxonalar 313 ta xolos.
“2024 yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi. Chiqindilarni "qayta ishlanadigan", "qayta ishlanmaydigan" va "oziq-ovqat" toifalariga ajratgan holda yig‘ish tashkil etiladi. Chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida xususiy sheriklik rivojlantiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun jarima miqdorini oshirish, chiqindi tashlab ketilgan joyni tozalash va olib chiqib ketish majburiyatini belgilash choralari kuchaytirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0