Toshkentda SputnikPRO o‘quv moduli bo‘lib o‘tadi

“Rossiya segodnya” XAA bosh muharriri o‘rinbosari Natalya Loseva
“Rossiya segodnya” XAA bosh muharriri o‘rinbosari Natalya Loseva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyalik muharrir so‘zlashuvning zamonaviy formatidan foydalanish sirlarini o‘rgatadi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkentda SputnikPRO o‘quv moduli bo‘lib o‘tadi. Unga “Rossiya segodnya” XAA bosh muharriri o‘rinbosari Natalya Loseva raislik qiladi.
Modul ishtirokchilari media yo‘nalishlarini muhokama qilishadi, shuningdek, zamonaviy formatlardan foydalangan holda muhim masalalar haqida gapirishni o‘rganishadi.
Tadbir 28-fevral kuni soat 10.00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti binosi, 127-xonada bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent sh. Lutfiy ko‘chasi, 8-uy.
Ishtirok etishni xohlovchilar +99891 008 12 14 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, SputnikPro – Sputnik agentligi tashabbusi bilan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasidir. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy OAV menejerlari, ekspertlari va yetakchi agentlik mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.
SputnikPro o‘quv modullari allaqachon 24 ta davlatda to‘la vaqtli formatda o‘tkazilgan: Armanistondan Hindistongacha, Gretsiyadan Xitoygacha. Umuman olganda, 2018-yilning mart oyidan buyon loyihada 80 mamlakatdan 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0