Mirziyoyev boshchiligida aviatsiya sohasidagi transformatsiya jarayonlari ko‘rib chiqildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2024
Obuna bo‘lish
Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 22-fevral kuni aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda aviatsiya xizmatlari bozorida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi. Aviakompaniyalar soni 15 taga, jumladan, xususiylari 10 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Bularning natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygan. Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi 4 karra oshib, 1 millionga yetgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2024
Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakat strategiyasida 2030-yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish sur’atlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Taqdimotda “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airrorts” aksiyadorlik jamiyatlarida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, xizmat turlari va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha joriy yilgi rejalar bayon qilindi.
Xususan, milliy aviakompaniyaga xalqaro kredit reytingini olib, uni “IPO”ga chiqarish jarayoni boshlanadi. Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi. Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshiriladi.
“Sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari ko‘riladi. Yoqilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yo‘nalish bo‘yicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po transformatsii gosudarstvennix predpriyatiy v sfere aviatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2024
Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘paytirish, Navoiy aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirib, uning salohiyatini to‘liq ishga solish zarurligi ta’kidlandi.
Davlat aviakompaniyalariga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalari ham aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0