Mirziyoyev va Putin Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi

© AP Photo / Ali UnalPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. Arxivnoe foto
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Bugun Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 70 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekison va Rossiya yetakchilari turkiyalik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni qutlug‘ 70 yoshga to‘lgani bilan dildan qutladi. Davlat rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

“Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdog‘anning o‘rni va hissasi alohida qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sur’ati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunida qo‘shma korxona va loyihalar soni sezilarli darajada – 365 taga ortdi, Turkiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan investitsiyalar portfeli kengaydi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham, tegishli ravishda o‘zaro sayyohlar oqimi ham ko‘paydi.
Telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Turkiya Hukumatlararo komissiyasi doirasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda uni 70 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi.

“Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida Putin Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Putin Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona asosda munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun prezidentgaa minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Vladimir Putin, shuningdek, Rajab Toyyib Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik telegrammasi ham yo‘lladi.
Yangiliklar lentasi
0