Amerika MRB Zelenskiyni sulh tuzishga undamoqda - sobiq maslahatchi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta Ukraini V. Zelenskogo v SShA.
Vizit prezidenta Ukraini V. Zelenskogo v SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2024
Obuna bo‘lish
Soskinning so‘zlariga ko‘ra, “New York Times” materiali Zelenskiy uchun "falokat"ga aylandi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. “New York Times” gazetasidagi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) Ukrainadagi faoliyati va agentlik rahbari Uilyam Bornsning Kiyevga yashirin tashrifi haqidagi oshkora maqola G‘arbning Zelenskiyni tinchlikka ko‘ndirish istagidan dalolat beradi, deb taxmin qildi Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin o‘zining videoblogida.
Ekspert “New York Times” gazetasida Markaziy razvedka boshqarmasining Ukrainadagi faoliyati haqidagi keng qamrovli maqolada “butun tuzilma” va agentlikning Ukrainadagi asosiy agentlari aniqlanganiga e’tibor qaratdi. Soskinning so‘zlariga ko‘ra, “New York Times” materiali Zelenskiy uchun "falokat"ga aylandi, chunki bu Ukraina prezidenti va butun elitani xorijiy razvedka xizmatlarida ishlayotganlikda gumon qilishga asos bo‘ldi.
“New York Times” shunday jiddiy maqola e’lon qildi <...> va Bornsning tarshrifi <...> Zelenskiyning ma’lumotlari oshkor etilishini anglatadi. Mening tushunishimcha, Zelenskiyga "<...> Rossiya bilan vaqtinchalik shartnoma imzola" degan ultimatum qo‘yilgan.
Biroq G‘arb bosimi Zelenskiyni Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishga majbur qilish uchun yetarli bo‘lmadi, deydi Soskin. Ukraina rahbari Amerika razvedkasi nazoratidan chiqib, o‘z jamoasiga tayanib, mustaqil harakat qila boshlashi mumkin edi, deb qo‘shimcha qildi u.
“Zelenskiy, aftidan, Borns va Markaziy razvedka boshqarmasiga rad javobini berib, jang qilishga qaror qilgan. Ammo, bu holatda jazolashning tegishli mexanizmi bo‘lishi kerak, ehtimol", – deb ta’kidladi tahlilchi.
O‘tgan hafta Amerikaning “New York Times” gazetasi AQSh razvedkasining 2014-yildan beri Ukrainadagi faoliyati haqida maqola chop etdi. Vashington Kiyevni “Kremlga qarshi kurashdagi eng muhim razvedka hamkorlaridan biri” deb biladi, deyiladi maqolada. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy razvedka boshqarmasi Rossiya bilan chegarada o‘n ikkita maxfiy obyektlar tarmog‘ini yaratishga yordam bergan, shuningdek, ukrainalik agentlarni, jumladan, Ukraina markaziy razvedka boshqarmasining amaldagi rahbari Kirill Budanovni* ham faol o‘qitgan.
* Rosfinmonitoring tomonidan terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2024
G‘arbparast nohukumat tashkilotlar Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi ishni kuchaytirdi — Shoygu
Yangiliklar lentasi
0