Putin Butunjahon yoshlar festivalining yopilish marosimida nimalar dedi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil Vsemirniy festival molodeji
Prezident RF V. Putin posetil Vsemirniy festival molodeji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2024
Obuna bo‘lish
Dunyoda hamma uchun teng sharoitlar mavjud emas, bu hozirgi dunyo tartibining asosiy adolatsizligi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Butunjahon yoshlar festivalining yopilish marosimida ishtirok etdi. Putin marosimda nimalar dedi?

Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun tizim

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, boy davlatlar rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun bozorlarni ochadigan tizim yaratmoqchi emas.
“Dunyoning boy davlatlari hukumat darajasida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun bozorlarni ochadigan, rivojlanish va o‘sish uchun liberal shart-sharoitlarni yaratadigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini amalda yaratmoqchi emas”, dedi Putin.

Ko‘p qutbli dunyoning afzalliklari

Agar davlatlar bir-biriga yordam beradigan ko‘p qutbli dunyo yaratsa, ijtimoiy masalalar ham oson hal bo‘ladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Bizning umumiy vazifamiz - barcha odamlarning teng sharoitlarda joylashtirilishini ta’minlashdir. Bu qiyin vazifa, lekin menimcha, hattoki aminman, agar biz nafaqat bir-birimizga bog‘liq bo‘lgan, balki bir-birimizga yordam ham beradigan ushbu ko‘p qutbli dunyoni yaratsak, unda ijtimoiy masalalar, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ular oson hal bo‘ladi, samaraliroq hal bo‘ladi”, - dedi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kuchlarni birlashtirish orqali yanada yaxshi natijalarga erishish mumkin.

G‘arbga qo‘shilish

Ilgari Rossiya G‘arbga qo‘shilishga intilgan, ammo keyin Moskva buning ma’nosi yo‘qligini tushunib yetdi, chunki u yerda hech kim Rossiya manfaatlarini hisobga olmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Bugungacha hamma G‘arbga qo‘shilishga harakat qildi, shu jumladan Rossiya ham bir paytlar G7, G8 ga qo‘shilishni istagan. Keyin biz buning mantiqiy emasligini angladik, chunki u yerda hech kim bizning manfaatlarimizni hisobga olmaydi. Muammo shunda. Bu esa G‘arb hamkorlarimiz xatosi”, - dedi Putin.

Dunyodagi asosiy adolatsizlik

Dunyoda hamma uchun teng sharoitlar mavjud emas, bu hozirgi dunyo tartibining asosiy adolatsizligi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Biz bir xil tug‘ilganmiz, lekin savol: biz o‘samizmi, teng sharoitda rivojlanamizmi? Javob: afsuski, yo‘q. Dunyoda hamma uchun teng sharoit yo‘q. Bu esa bugungi dunyo tartibining, bugungi dunyoning asosiy adolatsizligidir”, -dedi Putin.
Shuningdek, u adolatli dunyo tartibiga intilish dunyoni yanada shaffof, demokratik, barqaror, muvozanatli va xavfsizroq qilishini ta’kidladi.

Dunyodagi murakkab vaziyat

Putinga ko‘ra, dunyoda vaziyat oddiy emas, “issiq nuqtalar” ko‘p.
“Ha, haqiqatan ham vaziyat oddiy emas, muammolar juda ko‘p, issiq nuqtalar ko‘p. Xo‘sh, uzoqqa borishning nima keragi bor? Mana, yaqinda qo‘shnilarimiz bilan mojaro bor, harbiy harakatlar davom etmoqda... Odamlar bir-biri bilan urushsa, bu har doim fojia. Odamlar halok bo‘ladi, jarohat oladi va hokazo. Ammo butun dunyodaosonmi? Ha, butun insoniyat tarixida bir xil narsa sodir bo‘ladi, ba’zida ko‘proq, ba’zan kamroq”, - dedi Putin.

AQSh saylovlarida prezidentlikka nomzodlarning xatti-harakatlari

Putinning aytishicha, AQSh prezidentligiga nomzodlarning xatti-harakati Amerika siyosiy madaniyatiga xos xususiyat.
“Hozir men ichki siyosiy jarayonga aralashmoqchi emasman, prezidentlikka nomzodlar (AQSh – tahr.) o‘zini qanday tutishini tavsiflamoqchi emasman – bu AQSh ichki siyosiy madaniyatining o‘ziga xos xususiyati, boshqa hech narsa emas”, - dedi Putin.
Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidentining farmoni bilan 1-7 mart kunlari Sirius federal hududida bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekistondan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Ko‘zda yosh bilan ketdik: Siriusdagi yoshlar festivali qanday o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2024
Butunjahon yoshlar festivaliga kelgan o‘zbekistonliklar taassurotlari - video
Yangiliklar lentasi
0