Navro‘z bayrami arafasida umumxalq hashari o‘tkaziladi

© SputnikXashar v Tashkente ”Blagopoluchnaya maxallya — videnie strani”
Xashar v Tashkente  ”Blagopoluchnaya maxallya — videnie strani” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
Hashar davomida 16 million tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston bo‘ylab 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hashar davomida barcha hududlardagi 9000 dan ortiq mahallada 16 million tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi.
Mahallalar, ziyoratgohlar, xiyobonlar va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

“Hashar respublikada Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida tashkil etiladi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ham maqsad qilingan.
Torjestva po sluchayu Navruza v parke Yangi Uzbekiston. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2024
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi — prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0