Xitoy Argentinada ikkita GES qurilishini to‘xtatib qo‘ydi — OAV

© Sputnik / Maria Plotnikova / Mediabankka o‘tishBuenos-Ayres
Buenos-Ayres - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Obuna bo‘lish
Argentinaning hozirgi prezidenti Xavyer Miley saylovdan oldin Xitoydan pul olmasligini bir necha bor aytgan edi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Argentinaning Santa-Kruz provinsiyasida ikkita GES qurilishi Xitoy tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilgani sababli muzlatib qo‘yildi, deb xabar bermoqda mahalliy "Nacion" nashri.

Nashrga ko‘ra, 2023-yil 18-dekabrdan boshlab Santa-Kruzdagi "Xorxe Sepernik" va "Nestor Kirshner" gidroelektr stansiyalari qurilishi butunlay to‘xtatilgan. Qurilishda ishtirok etayotgan "UTE Represas Patagonia" kompaniyasi 1800 nafar ishchini ishdan bo‘shatishga qaror qilgan.

Ushbu GES qurilishi haqidagi shartnoma 2014-yilda Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshner davrida imzolangan edi. Unga ko‘ra, loyihaning 54% Xitoyning "China Gezhouba Group" kompaniyasiga tegishli.

Loyiha Argentina hukumati talabiga binoan Xitoy krediti hisobidan moliyalashtiriladi. Argentina qurilish tugagandan so‘ng kreditni to‘lashni boshlash niyatida. Ayni damda ishlar birinchi GESda 42 foizga, ikkinchisida atigi 20 foizga yakunlangan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qurilishni moliyalashtirish oxirgi marta XXR tomonidan 2022-yilda 538 million AQSh dollari miqdorida ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Argentinada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida o‘ta o‘ng siyosatchi Xavyer Milei g‘olib bo‘lgan edi. U saylov oldidan "kommunistlardan hech qanday mablag‘ olmasligini" va "Xitoy Argentina qarz oladigan eng so‘nggi mamlakat bo‘lishini" bir necha bor ta’kidlagan edi. Shuningek, Miley Argentinaning BRIKSga qo‘shilish rejasini qat’iy rad etdi va AQSh bilan yaqinlashish tarafdori ekanini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0