YuNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand”da o‘tkaziladi

© Press-slujba Silk Road SamarkandTuristicheskiy sentr v Samarkande prinyal za polgoda bolee 40 tisach gostey
Turisticheskiy sentr v Samarkande prinyal za polgoda bolee 40 tisach gostey   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2024
Obuna bo‘lish
“2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. YuNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
“2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladi.
Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:
Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli ko‘rgazmalar tashkil etiladi;
Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;
O‘zbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YuNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro ro‘yxatlarga kiritish choralari ko‘riladi;
Sessiyaning O‘zbekistonda o‘tkazilishining ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.
Logotip Unesco. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Diplomatik g‘alaba: YuNESKO Bosh Assambleyasi ilk bor Samarqandda bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0