Tramp yana AQSh prezidenti bo‘lsa, Baydenga nima deyishini aytdi

© AP Photo / Charles KrupaDonald Tramp na predvibornom mitinge v Manchestere. Arxivnoe foto
Donald Tramp na predvibornom mitinge v Manchestere. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Obuna bo‘lish
Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ishonchim komilki, biz buni qila olamiz... Biz Baydenga aytamiz: "Jo, ishdan bo‘shading. Bu yerdan ket! Sen daxshatli ishlading", — dedi Tramp Ogayo shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi mitingda.
U Baydenni tanqid qilish imkoniyatini boy bermadi va uni "Amerika demokratiyasiga tahdid" deb atadi. Tramp, shuningdek, AQShning amaldagi prezidentida "mamlakatiga zarar yetkazish uchun abadiylik" borligiga ishonch bildirdi.
"Agar mamlakatni qobiliyatiz odamlar boshqarsa, bu abadiydir", dedi Tramp va Baydenni Meksika bilan chegaradagi hal etilmagan migratsiya inqirozi, Qo‘shma Shtatlardagi inflyatsiyaning o‘sishi va boshqa bir qator muammolar uchun qoralab.
"Baydenning barcha falokatlarini qaytarishning eng oson yo‘li - meni Oq uyga qaytarish. Va biz buni uddalaymiz", deb ta’kidladi AQShning sobiq prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0