Putin xoinlarni qachon bo‘lsa ham jazolashni topshirdi — tafsilotlar

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPoslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu
Poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Obuna bo‘lish
Federal xavfsizlik xizmati boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshqaruvining kengaytirilgan yig‘ilishida Vladimir Putin idora xodimlarini Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhlariga qo‘shilgan xoinlarni unutmaslikka chaqirdi.
Rossiya rahbari bu jinoyatchilarni nomma-nom topib, da’vo muddatisiz jazolash zarurligini ta’kidladi.
FXX faoliyatining mazmuni va yuksak ahamiyati Rossiyaning mustahkam suverenitetini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini himoya qilishdan iborat, dedi Rossiya yetakchisi.
“Ishonchim komilki, sizlarning har biringiz Rossiya xalqining ishonchini oqlash uchun belgilangan vazifalarni munosib hal qilasiz. Vatanimizning mustahkam suverenitetini ta’minlash, Rossiya fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini himoya qilish mazmuni va yuksak ahamiyati bo‘lgan mashaqqatli ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, — dedi Putin.
U o‘z so‘zida, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati ishining eng mas’uliyatli va qizg‘in qismi maxsus operatsiya o‘tkazish bilan bog‘liq ekanligini aytdi.
“Bugungi kundagi faoliyatingizning eng mas’uliyatli, shiddatli qismi, albatta, maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish bilan bog‘liq. Bu yerda vazifalar doirasi eng kengdir”, — deya qayd etdi u.
Qayd etilishicha, G‘arb razvedka idoralari Rossiyani shantaj qilish va qo‘rqitishga harakat qilmoqda. G‘arb razvedka xizmatlari vakillarining so‘nggi provokatsion bayonotlari shantaj va Rossiya jamiyatini qo‘rqitishga urinishlarni eslatadi.
“Yaqinda G‘arbning qator rasmiy tuzilmalarining Rossiyada teraktlar sodir etilishi mumkinligi haqidagi, ochig‘ini aytganda, provokatsion bayonotlarini eslatib o‘taman. Bularning barchasi ochiqdan-ochiq shantaj va jamiyatimizni qo‘rqitish va beqarorlashtirish niyatiga o‘xshaydi”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, neonatsist Kiyev rejimi G‘arb ko‘magi bilan terrorchilik usullariga o‘tdi.
"Neonatsist Kiyev rejimi yana G‘arbning ko‘magida, ko‘pincha ularning bevosita ko‘rsatmalari bilan terrorchilik usullariga o‘tgani tabiiy", — dedi u.
Vladimir Putin Rossiya oldida turgan muammolar izchil va tizimli ishlashni talab qilishini qayd etdi.
“Biz duch kelayotgan muammolar <...> barcha sohalarda tizimli va izchil ishlashni talab qiladi”, — dedi Putin.
Rossiya prezidenti so‘nggi paytlarda davlat chegaralarini mustahkamlash, jumladan, jangovar zonada ham ko‘p ishlar qilinganini, chegara qo‘shinlarining jihozlanishi kuchaytirilganini aytdi.
“So‘nggi paytlarda davlat chegarasini mustahkamlash, ayniqsa, jangovar hududda joylashgan hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Chegara idoralari qo‘shimcha shaxsiy tarkib, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan. Natijalarini ko‘rapmiz”, — dedi Rossiya prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0