O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrilas vistavka rossiyskogo obrazovaniya.
V Tashkente otkrilas vistavka rossiyskogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarda to‘plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
“O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi haqida gapirilarkan, bunday anjumanlar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiyaning eng yirik ilmiy markazlaridan biri Kurchatov instituti milliy ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil qilish hamda bu maqsadda yangi hamkorlik hujjatini imzolash yuzasidan fikr almashildi.
Putin tahsil olgan universitet: Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkentdagi filiali haqida
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2024
Putin tahsil olgan universitetning Toshkent filialiga qanday o‘qishga kirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0