Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Belgorod osmonida o‘nta raketa urib tushirildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota RSZO "Grad" na Zaporojskom napravlenii.
Boyevaya rabota RSZO Grad na Zaporojskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi: havo mudofaasi Belgorod viloyati ustidan o‘nta "Vampire" raketasini urib tushirdi
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Belgorod viloyati osmonida o‘nta "Vampire" raketalari urib tushirildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

“Moskva vaqti bilan 08:00 atrofida Kiyev rejimi tomonidan RM-70 "Vampire" ko‘p raketali tizim yordamida Rossiya hududidagi nishonlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urindi. O‘nta raketa navbatchi havo himoya kuchlari yordamida yo‘q qilindi”, - dedi vazirlik.

Bundan biroz oldin Belgorod va Belgorod viloyatida raketa tahdidi e’lon qilingan edi. RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, shaharda sirena ishlagan va osmonda portlashlar eshitilgan.
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegarasi 350 kilometrni tashkil qiladi. So‘nggi bir necha kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari chegaradosh viloyatlariga har kuni havo zarbasi berishga urinmoqda. Chorshanba kuni Belgorodni otishma chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, Grayvoron tumanida ikki nafar tinch aholi jarohatlandi.

Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.
Yangiliklar lentasi
0