Olmaotada Navro‘z karvoni bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Olmaota ko‘chalarida 1000 dan ortiq kishilar ishtirokida Navro‘z karvoni bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Bugun Olmaota ko‘chalaridan tantanali Navro‘z karvoni yurib o‘tdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

Karvon tarkibida qozoq botirlari, burgutchi ovchilar va oqinlarni aks ettiruvchi personajlar, ipak yuklangan tuyalar, ulkan g‘ildirakli yurta, qozoq xalqining "yetti xazina" va boshqa timsollarini ko‘rish mumkin.

Navro‘z karvonida jami 1000 ga yaqin kishi ishtirok etdi.

Olmaotada bo‘lib o‘tayotgan ushbu bayram tantanalari qo‘shni respublikadagi eng katta bayram tantanalariga aylandi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ham ishtirok etib nutq so‘zladi.
Yangiliklar lentasi
0