Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Senat Oliy Majlisa Predsedatel Senata provela vstrechu s zamestitelem Generalnogo sekretarya OON v Jeneve
 Predsedatel Senata provela vstrechu s zamestitelem Generalnogo sekretarya OON v Jeneve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BMT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi 140 taga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Jenevada bo‘lib turipti.
Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 taga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
BMT O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, tomonlar muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.
Tanzila Kamalovna Narbayeva predsedatel Senata Oliy Majlisa vidvinula rad initsiativ na 68-y sessii Komissii OON po polojeniyu jenshin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Qishloq ayollari uchun ta’lim va himoya: Narbayevaning BMTdagi tashabbuslari
Yangiliklar lentasi
0