Tatariston raisi Surxondaryo viloyatiga keldi

© Press-slujba xokimiata Surxandarinskoy oblastiRais respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast
Rais respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida muzokaralar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Tatariston respublikasi raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatiga keldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatga tashrif buyurdi.
Martalabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.
© Press-slujba xokimiata Surxandarinskoy oblastiRais respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast Uzbekistana
Rais respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Rais respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast Uzbekistana
Shundan so‘ng, Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining yetuk olimi Al Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on oyatlari tilovat etildi.
Rustam Minnixanov “Termiz xalqaro savdo markazi”ga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tatariston raisini Termizdan Afg‘onistonga yuklar o‘tkaziladigan maxsus yo‘lak bilan tanishtirdi.
© Press-slujba xokimiata Surxandarinskoy oblastiRustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast
Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Rustam Minnixanov pribil s rabochim vizitom v Surxandarinskuyu oblast
Shundan so‘ng, mehmonlarga “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.
Tashrif davomida quyidagilar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish belgilangan:
erkin iqtisodiy zona;
logistika markazlari;
ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv;
kelgusidagi hamkorlik istiqbollari.
Shuningdek, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rustam Minnixanov Nukus shahriga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator korxonalarni borib ko‘rgan edi.
Yangiliklar lentasi
0