Xitoy kompaniyasi Farg‘onada O‘zbekiston sanoati uchun yangi bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarmoqchi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiKitayskaya kompaniya planiruyet investirovat $10 mln v Fergane
Kitayskaya kompaniya planiruyet investirovat $10 mln v Fergane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2024
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada qurilish montaj pistoletlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Xitoy kompaniyasi Farg‘onada O‘zbekiston sanoati uchun yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarmoqchi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd etilishicha, Xitoy kompaniyasi Farg‘onada qurilish montaj pistoletlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Sichuan Shengyakai Fastening Equipment” kompaniyasi rahbari Gu Shanxonni hamda kompaniyaning viloyatimizdagi mahalliy hamkorlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan Farg‘onada amalga oshirish rejalashtirilayotgan qurilish montaj pistoletlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Aytilishicha, qurilish sektori rivojlanib borayotgan barcha davlatlarda ushbu mahsulotga talab yuqori. Gu Shanxon, ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozor bilan birga xorijiy davlatlarga katta hajmda eksport ham qilinishini aytib o‘tdi.
“Farg‘ona bilan keng ko‘lamli hududlararo hamkorlikda bo‘lgan Sichuan provinsiyasida faoliyat olib boruvchi “Sichuan Shengyakai Fastening Equipment” kompaniyasining qiymati 10 mln dollar bo‘lgan ushbu investitsion loyihasi, O‘zbekiston sanoati uchun yangi bo‘lgan ushbu mahsulot turini ishlab chiqarilishi bilan muhim ekanini qayd etgan viloyat hokimi, ushbu loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya iz Kuveyta sozdast diagnosticheskuyu laboratoriyu v Ferganskoy oblasti   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2024
Tibbiyot, ipakchilik va zargarlik: kuvaytlik tadbirkorlar Farg‘onada yangi loyiha boshlashmoqda
Yangiliklar lentasi
0