Turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan Qonun ma’qullandi

© Sputnik / Aktan TemirkanovPloshad Registan v Samarkande s tremya medrese.
Ploshad Registan v Samarkande s tremya medrese. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan ta’minlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan Qonunni ma’qulladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati saytida xabar berildi.
Senatning bugun o‘tkazilayotgan ellik birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
© Senat Oliy MajlisaSenatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Keyingi yillarda O‘zbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, zargarlik buyumlari eksportini oshirishga, shuningdek turizm sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda zargarlik tarmog‘ini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xomashoga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ushbu Qonun bilan Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaSenatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Shu bilan birga turizmni yanada rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining samarali faoliyatni amalga oshirishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu Qonun bilan Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinishi to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, "Turizm to‘g‘risida"gi Qonunga kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaSenatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Senatori odobrili Zakon, napravlenniy na razvitie turizma i sozdanie novix rabochix mest
Ta’kidlanishicha, ushbu Qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan ta’minlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Turisti na ulitsax Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Turizm kunlari va yangi aviaqatnov: 2024-yilda O‘zbekiston qanday loyihalarni boshlaydi?
Yangiliklar lentasi
0