Prokuratura YeK rahbarini korrupsiyada gumon qilmoqda — OAV

© AP Photo / Virginia MayoPrezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen vistupayet na press-konferensii v preddverii sammita G-7 v shtab-kvartire YeS v Brussele, 15-maya 2023 goda.
Prezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen vistupayet na press-konferensii v preddverii sammita G-7 v shtab-kvartire YeS v Brussele, 15-maya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2024
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi prokurorlari Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenni vaksina xarid qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilmoqda.
TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen vaksina xarid qilish bo‘yicha "Pfizer" bosh direktori Albert Burla bilan olib borgan muzokaralarda korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lshi mumkin, deya xabar bermoqda "Politico" nashri.

“Yevropa prokuraturasi (EPPO) tergovchilari Ursula fon der Lyayenni — “davlat vazifalariga aralashish, SMS-xabarlarni yo‘q qilish, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi”da gumon qilib tergov qilayotgan Belgiya prokurorlarining o‘rnida ishlay boshladi, — deyiladi maqolada.

Ushbu tergov dastlab Belgiyada vaksina sotib olish natijasida Belgiyaga yetkazilgan iqtisodiy zarar yuzasidan sudga da’vo qilganidan keyin boshlangan edi.

Keyinchalik Vengriya va Polsha hukumatlari ham vaksina bo‘yicha muzokaralarda YeK rahbarining faoliyatidan shikoyatga qo‘shilishdi. Biroq Donald Tusk hokimiyatga kelganidan keyin Varshava shikoyatni qaytarib olishga harakat qilmoqda.
"Nyu-York Tayms" gazetasining xabar berishicha, 2021-yilda YeK rahbari Ursula fon der Lyayen va Amerikaning "Pfizer" kompaniyasi bosh direktori Albert Burla bilan vaksinalar xarid qilish bo‘yicha YeI tarixidagi eng yirik shartnomani SMS yozishmalar orqali muhokama qilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, YeK rahbari muzokaralar jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqda. Shartnoma qiymati 35 mlrd dollar bo‘lgan va xarid qilingan 1,8 milliard doza vaksina — Yevropa Ittifoqi ehtiyojlardan sezilarli darajada ortiqcha bo‘lgan.
Prokurorlar ushbu holatda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini gumon qilib, Ursula fon der Lyayenni yozishmalar mazmunini ochishlashga chaqirdi, ammo 2022-yil iyun oyida Yevropa komissiyasi bu xabarlarni topa olmaganliklarini aytib, uni ommaga oshkor etishdan bosh tortdi.
Ayni damda ushbu ish bo‘yicha hech kim javobgarlikka tortilmagan. "Pfizer-Gate" davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0