Ular Napoleon va Gitlerning mag‘lubiyati uchun ham bizdan qasos olishmoqchi — Putin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin prinyal uchastie v yejegodnom rasshirennom zasedanii kollegii MVD
Prezident Vladimir Putin prinyal uchastie v yejegodnom rasshirennom zasedanii kollegii MVD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiyaning dushmanlari uning hududlarini tarqatib yuborish va uning resurslaridan o‘z manfaatida foydalanishni niyat qilgan.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiyaning dushmanlari o‘z tarixiy mag‘lubiyati uchun bizdan qasos olmoqchi, dedi Vladimir Putin IIVda bo‘lib o‘tgan majlisda.
"SSSR tarqalib ketganidan so‘ng Rossiya o‘z tarixining murakkab kunlarini boshidan kechirmoqda. Bugun esa bizning dushmanlar tarixiy Rossiyaning qogan hududlarini ham bo‘lish va tarqatib yuborishni niyat qilgan.
Shunday yo‘l bilan ular bizning hududlarni o‘z geosiyosiy manfaatlariga bo‘ysundirishmoqchi. Sobiq FSB boshlig‘i, Xavfsizlik kengashi raisi va Bosh qo‘mondon sifatida bu haqida ishonch bilan aytmoqdaman.

Bu qanchalik g‘alati eshitilmasin, kimdir Napoleon va Gitlerning muvaffaqiyatsiz yurishlari uchun bizdan qasos olmoqchi. Bu tarixiy hodisalar dushmanlarimiz xotirasida yaxshi saqlanib qolgan ko‘rinadi. Bu hayratlanarli, lekin fakt.

Yana kimdir esa bugungi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘z gegemoniyasini saqlab qolish maqsadida bizning hududlarga ko‘z tikmoqda. Axir bu yerda ulkan tabiiy va insoniy resurslar bor.
Ular Rossiyani parchalab uni o‘z foydasiga ishlatmoqchi. Ehtimol, kimdir bizni zaif deb hisoblayotganldir. Lekin ular adashadi. Hech qanchon bunday bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham", - dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0