O‘zbekiston davlat akademik katta teatri xodimlari Mariinskiy teatrida amaliyot o‘tamoqda

© GABT im. A.NavoiSotrudniki gosudarstvennogo akademicheskogo Bolshogo teatra Uzbekistana imeni Alishera Navoi
Sotrudniki gosudarstvennogo akademicheskogo Bolshogo teatra Uzbekistana imeni Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2024
Obuna bo‘lish
Ular orasida balet solistlari, dirijorlar, grim ustalari bor.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining bir qator xodimlari Mariinskiy teatrida (Rossiya) amaliyot o‘tamoqda. Bu haqda teatrning Telegram kanalida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, ular orasida balet solistlari, dirijorlar, grim ustalari bor.
“Bunday amaliyot xodimlarning kasbiy tajribasini boyitish uchun ajoyib imkoniyat hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim qadamdir”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot teatrlar o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida o‘tkazilib, madaniyat muassasalari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik va ijodiy almashinuvning boshlanishi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0