Rossiya harbiylari yangi robot saporni sinovdan o‘tkazmoqda — video

Obuna bo‘lish
Rossiya saporlari yangi masofadan turib boshqariladigan mashinalarni namoyish qilishdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiya harbiylari maxsus harbiy operatsiya zonasida eng yangi minalardan tozalovchi "Stalker" robotini sinovdan o‘tkazmoqda.

"Stalker" — og‘irligi 27 tonna bo‘lgan, masofadan turib boshqariluvchi tozalash mashinasi. Uning old qismiga tral o‘rnatilgan bo‘lib, u keng maydonlarni 30 smgacha ko‘milgan piyodalar va tankka qarshi minalardan tozalash imkoniga ega. Operatora mashinani 1-3 km masofadan turib boshqarishi mumkin.

Bundan tashqari, maxsus operatsiya hududida "Skorpion" nomli kichik robot ham sinovdan o‘tmoqda. U masofadan turib boshqariladi va o‘tlar orasiga o‘rnatilgan turli piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va portlatish imkoniga ega.
Batafsil quyidagi videolavhada tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0