Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin pozdravil uchiteley s ix professionalnim prazdnikom
Prezident RF V. Putin pozdravil uchiteley s ix professionalnim prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya musulmonlariga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va eng yaxshi tilaklarimni tilayman, — dedi davlat rahbari.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

"Rossiya musulmonlarini muqaddas Ramazon oyi yakunini anglatuvchi Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Asrlar davomida Ramazon hayiti islom diniga e’tiqod qiluvchilar uchun yangilanish quvonchini, ma’naviy yuksalish istagini, fikr va amallar pokligi timsoli bo‘lib kelgan.
Rossiya musulmonlari o‘z ajdodlarining boy tarixiy, madaniy, diniy an’analarini asrab-avaylab, ota-bobolarining vasiyatiga muvofiq, ushbu bayramni o‘z jamoalari va oila davrasida nishonlaydilar, muhtojlarga yordam ko‘rsatadilar”, — deyiladi tabrik so‘zida.
Rossiya prezidenti o‘z tabrik so‘zida musulmon tashkilotlari faoliyatini yuqori baholab, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.
"Musulmon tashkilotlari yurtimiz hayotida faol ishtirok etib, dolzarb vatanparvarlik, ma’rifiy va xayriya tashabbuslarini amalga oshirishda, yosh avlodni tarbiyalashda davlat va jamoat tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilmoqda
Shuningdek, ular maxsus harbiy operatsiya veteranlari va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashda, xalq birligini mustahkamlash va millatlararo totuvlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda", - deyiladi prezident tabriknomasida.
“Rossiya musulmonlariga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Ochiq manbalarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada 21 millionga yaqin musulmonlar yashaydi.
Yangiliklar lentasi
0