Asirga olingan Ukraina askari Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tganini aytdi

Obuna bo‘lish
FSB: Ukrain askarlarining Britaniya doimiy armiyasida tayyorgarlikdan o‘tishi — "Buyuk Britaniyaning mojaroda bevosita ishtirok etganidan dalolat beradi".
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Xerson viloyatida qo‘lga olingan Ukraina maxsus bo‘linmasi askari Yevgeniy Gorin Britaniyadagi Solsberi shahri yaqinidagi harbiy bazada tayyorgarlikdan o‘tganini aytib berdi. So‘roq videosi Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan taqdim etildi.
"Buyuk Britaniyaga uchganimizda Solsberi shahri yaqinidagi joyga qo‘ndik. Undan yarim soatcha masofada harbiy baza bor. Bilishimcha, u "5 Rifles" deb atalgan", - deydi Gorin.
Shuningdek, u ukrain askarlarini Xerson viloyatiga diversion hujumga tayyorlagan britaniyalik instruktorlarning ismlarini ham aytdi. "Bu Edvin, bu Endryu Kreyg bu yerda orqa fonda turibdi. Bular Buyuk Britaniyada biz bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan britaniyalik instruktorlar", dedi Gorin inglizlarning suratini ko‘rsatib.
Britaniya harbiylari tomonidan rejalashtirilayotgan diversion operatsiya mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ukraina maxsus bo‘linmasi daryo orqali Xerson viloyatining Tendra aholi punktiga yetib kelishi bilan yo‘q qilindi. Yevgeniy Gorin asirga olindi.

FSBning ta’kidlashicha, ushbu markaz faoliyatini Britaniya Qirollik dengiz piyodalarining maxsus qayiq xizmati (SBS) bo‘linmasi boshqaradi. U Britaniyaning yagona doimiy jangovar tayyorgarlikda turadigan 3-temir diviziyasi tarkibiga kiradi. Bu fakt "Buyuk Britaniyaning mojaroda bevosita ishtirok etganidan dalolat beradi".
Yangiliklar lentasi
0