Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya Markaziy Osiyoning muhim strategik hamkori — Pritchin

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Markaziy Osiyo davlatlari an’anaviy ravishda ham o‘zaro bog‘langan, ham Rossiya bilan muhim aloqalarga tayangan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarning energetika, logistika va savdo sohalarini rivojlantirishda an’anaviy va muhim strategik hamkori, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining Xalqaro iqtisodiyot va munosabatlar instituti (IMEMO) Markaziy Osiyo sektori mudiri Stanislav Pritchin.
Sanksiyalar tufayli hamkorlik qilish oson bo‘lmagan davrlardan, o‘z oldimizda turgan ulkan rivojlanish maqsadlariga erishish uchun, biz o‘zaro harakatlarni maksimal darajada muvofiqlashtirishimiz kerak, dedi mutaxassis.
Pritchin aytishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari an’anaviy ravishda ham o‘zaro bog‘langan, ham Rossiya bilan muhim aloqalarga tayangan.
"Shu bilan birga asrlar davomida Rossiya bilan ham iqtisodiy hamkorlik hududning asosiy rivojlanish vektori bo‘lgan. Hozir ham hududning logistika va energetika xaritasi oldingi asrlarda asos solingan xususiyatlarga tayanadi", - dedi mutaxassis.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari uchun bugun ham ertaga ham energetika, logistika va savdo sohalarida strategik hamkor bo‘lib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0