Eron Isroilga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi

© Sputnik / Aleksandr VilfGosudarstvenniy flag Irana v Tegerane.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2024
Obuna bo‘lish
Eron bu hujum Isroilning yaqinda Damashqdagi konsulligiga uyushtirgan raketa hujumiga javob ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Eron bugun tunda Isroilga raketa va dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi.
Harbiy nishonlarga, xususan, Negev cho‘lidagi aviabazaga hujum qilindi.
Umuman olganda, Isroilga 185 ta dron, 36 ta qanotli raketa va 110 ta “yer-yer” ballistik raketalari uchirildi, deb yozadi New York Times.
Eron bu hujum Isroilning yaqinda Damashqdagi konsulligiga uyushtirgan raketa hujumiga javob ekanini ma’lum qildi.
Eronning BMTdagi missiyasi BMT Nizomining o‘zini himoya qilish huquqi haqidagi 51-moddasiga ishora qilgan.
Isroil harbiy-havo kuchlari 1-aprel kuni Suriya poytaxti Damashqdagi Eron bosh konsulligi binosiga zarba berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korpusning yetti nafar ofitseri, jumladan, ikki yuqori martabali bosh maslahatchi halok bo‘lgan. Tehron javob berish huquqiga ega ekanligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0