O‘zbekistonda “Georgiy tasmasi” xalqaro aksiyasi boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishGeorgiyevskaya lentochka v rukax volontera
Georgiyevskaya lentochka v rukax volontera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2024
Obuna bo‘lish
Tadbirning shiori – “Georgiy tasmasi. Men — eslayman! Men — faxrlanaman".
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Georgiy tasmasi” xalqaro aksiyasi boshlandi. Bu haqda Rossotrudnichestvoning respublikadagi vakolatxonasi xabar berdi.
“Xotira va qadrlash kuni – G‘alaba kuni arafasida O‘zbekistonda “Georgiy tasmasi” xalqaro aksiyasi boshlanayotganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati 2005-yildan beri “Georgiy tasmasi” aksiyasio‘tkazilayotganini eslatib o‘tdi. Tadbirning shiori – “Georgiy tasmasi. Men — eslayman! Men — faxrlanaman".
Har yili millionlab insonlar ko‘rsatgan qahramonliklari uchun faxriylarga minnatdorchilik bildirish uchun liboslariga qora va to‘q sariq tasma taqishadi.

“15 apreldan 9-mayga qadar soat 8:00 dan 19:00 gacha Toshkentdagi Rus uyidan (Yunus Rajabiy ko‘chasi, 63 uy) har biringiz shaxsiy foydalanish uchun tasma olishingiz mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Tashkilotlar tasma olish uchun (tasmalar soni 20 donadan ortiq) birinchi navbatda Rossotrudnichestvo vakolatxonasiga elektron pochta orqali xat yuborishlari kerak: uzbekistan@rs.gov.ru.
Murojaat uchun telefon raqam: +998 71 256 04 52.
Yangiliklar lentasi
0