Sanksiyalar sarmoyalarga to‘sqinlik qilmoqda — Ergashev

Obuna bo‘lish
Iqtisodchi Baxtiyor Ergashevga ko‘ra, AQSh va YeI sanksiyalari O‘zbekiston va Rossiyaning investitsion hamkorligiga to‘sqinlik qilmoqda.
TOShKENT, 16 apr — Suptnik. Investitsion hamkorlikning rivojlanishiga AQSh va YeI tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar to‘sqinlik qilmoqda, dedi Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda Baxtiyor Ergashev.
"Investitsion hamkorlikni rivojlantirishga AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan qo‘ygan noqonuniy sanksiyalari to‘sqinlik qilmoqda. Shu bilan birga, ular AQSh yoki Yevropa Ittifoqiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan boshqa davlatlardan ushbu sanksiyalarga rioya qilishni talab qilmoqda. Bu mamlakatlardagi biznes esa yo‘qotishlarga duch kelmoqda", - deydi mutaxassis.
Ushbu vaziyatda Ergashev AQSh va Yevropa sanksiyalaridan zarar ko‘rgan tadbirkorlarga xalqaro moliya instansiyalariga murojaat qilishni tavsiya beradi. Chunki sanksiyalar BMT tomonidan tan olinmagan, ya’ni xalqaro huquqqa zid.
Yangiliklar lentasi
0