O‘zbekiston Rossiya investitsiya loyihalari portfeli 20 mlrd dollardan oshdi – Jamshid Xo‘jayev

© Sputnik/Zafar XalilovGlavnaya plenarnaya sessiya: "Promishlennaya kooperatsiya v Sentralnoy Azii: regionalniy fokus"
Glavnaya plenarnaya sessiya: Promishlennaya kooperatsiya v Sentralnoy Azii: regionalniy fokus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro savdosi hajmi 10 milliard dollardan, investitsion loyihalar hajmi esa 20 mlrd. dollardan oshdi — Xo‘jayev.
TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qo‘shma sarmoyaviy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi, dedi respublika bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.
Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 22-aprel kuni “Innoprom.Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Uch kunlik tadbir O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.
“Rossiya Federatsiyasi bilan tovar ayirboshlash barqaror o‘sib bormoqda, bu ko‘rsatkich 10 milliard dollarga yetdi, investitsiya loyihalari portfeli esa 20 milliard dollardan oshdi”, — dedi Xo‘jayev ko‘rgazmaning yalpi majlisida so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Innoprom.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi nafaqat O‘zbekiston va Rossiya korxonalari, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikdagi an’anaviy va muhim voqeaga aylandi.
“Mamlakatlarimiz manfaatlari yo‘lida biz qo‘shma biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, shuningdek, investor hamkorlarimiz uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratamiz”, — dedi Xo‘jayev. Uning aniqlik kiritishicha, gap metallurgiya, energetika, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa sohalardagi sanoat loyihalari haqida bormoqda.
Avvalroq tashkiliy qo‘mita Toshkentda Rossiyaning 15 viloyati o‘z ekspozitsiyalarini taqdim etishi haqida xabar bergan edi. Ko‘rgazmada birinchi marta Xitoy kompaniyalari ham ishtirok etadi. Tadbirda an’anaviy tarzda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
2021 yilda Innoprom ko‘rgazmasi Rossiyadan tashqarida birinchi marta Toshkentda bo‘lib o‘tdi. 2022-yildan buyon forum "Innoprom" formatida o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili ko‘rgazmaga MDH 35 davlati, Yevropa va Osiyodan 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor davlat hisoblanadi — Zoyir Mirzayev
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor davlat hisoblanadi — Zoyir Mirzayev
Yangiliklar lentasi
0