Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari DXRda Novomixaylovkani to‘liq ozod qildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO
Rabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi: "Janubiy" guruhi kuchlari Novomixaylovkani to‘liq ozod qildi
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Novomixaylovka qishlog‘ini to‘liq ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Muvaffaqiyatli harakatlar natijasida “Janubiy” kuchlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Novomixaylovka aholi punktini to‘liq ozod qildi va front chizig‘idagi taktik vaziyatni yaxshiladi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarining 10-tog‘li hujumi, 79-, 92-havo hujumi, 46-, 81-aeromobil, 22-, 23-, 28-, 41-, 93-mexanizatsiyalashgan brigadalarining LXRning Belogor tumani, DXRningSpornoe, Minkovka, Klesheyevka, Chasov Yar, Andreyevka va Ostroe pozitsiyalariga zarba berishdi.
Bundan tashqari, "Janubiy" guruhi Ukraina Qurolli kuchlarining 33-mexanizatsiyalashtirilgan va 80-havo hujumi brigadalarining hujum guruhlari tomonidan DXRning Bogdanovka va Pobeda hududlarida uchta qarshi hujumini qaytardi.
Dushman bu yo‘nalishda 410 nafargacha askarini, to‘qqizta texnikasini va “Gvozdika” o‘ziyurar qurolini yo‘qotdi. “Anklav” radioelektron urush stansiyasi va o‘q-dorilar ombori ham vayron qilingan.
Boyevaya rabota SAU Msta-S v Yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2024
Rossiya qo‘shinlari Bogdanovka aholi punktini to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0