Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Tula viloyati O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tula delegatsiyasi Innoprom doirasida juda ko‘p muzokaralar o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va ularning natijalarini ijobiy baholamoqda.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Tula O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Sputnik bilan suhbatda viloyat sanoat va savdo vaziri Vacheslav Romanov.

"Tula bu Rossiyaning sanoati rivojlangan viloyati. Biz O‘zbekistonga turli uskunalar yetkazib berishdan manfaatdormiz. Shu sababli ham biz uchun "Innoprom" ko‘rgazmasi juda muhim. Biz bu yerda o‘zimizning kichik, o‘rta va yirik sanoat korxonalarimiz bilan faol ishtirok etmoqdamiz, - deydi Romanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Innoprom" ko‘rgazmasiga Tuladan 15 tadan ortiq korxonalar kelgan. Ular orasida temir yo‘l, energetika va gaz-neft sohalari uchun turli uskunalar ishlab chiqaruvchilari bor.

Tula viloyati O‘zbekistonga nima taklif qilishi mumkin?

"Umuman olganda, eksportimizning yarmidan ko‘pi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, o‘simlik yog‘lari, hayvonlarning oziq-ovqati va o‘g‘itlardir.

Lekin, Tula viloyati – fuqarolik sanoati va mashinasozlik rivojlangan texnologik sanoat hududidir. Shunday ekan, bizda O‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirmoqchimiz", - dedi Tula viloyati sanoat va savdo vaziri.

Undan tashqari, Tula O‘zbekiston bilan madaniy, turistik, va boshqa sohalarda ham aloqalarni rivojlantirmoqchi.
Vacheslav Romanovning aytishiga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida Tula delegatsiyasi qisqa vaqt ichida juda ko‘p muzokaralar o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va ularning natijalarini ijobiy baholanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0