Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Doxa, Katar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari oshiriladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qatar aviakompaniyasi iyun oyidan Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev "Qatar Airways" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashdi. Unda davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida do‘stona aloqalarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.
Aytilishicha, tomonlar shu yilning 2-iyun kuni Doxa-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib olishdi.
"Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4-marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz", – dedi u.
Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0