Xivada II “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tmoqda — foto

© Ministerstvo kulturi respubliki Uzbekistan V Xive startoval festival "Lazgi"
 V Xive startoval festival Lazgi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2024
Obuna bo‘lish
Festivalning Gran-Pri mukofoti 7 000 dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Xivaning “Ichan qal’a” majmuasida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
“Lazgi” xalqaro raqs festivalida dunyoning 33 davlatidan 200 dan ziyod iste’dodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs san’ati ustalari, musiqashunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar va faxriy mehmonlar ishtirok etishmoqda.
Festivalda tanlov ishtirokchilari chiqishlarini xalqaro hamda o‘zbekistonlik hakamlar baholab boradi. Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, Tojikiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Braziliya, Fransiya, Misrdan kelgan vakillar festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishmoqda.
© Ministerstvo kulturi respubliki Uzbekistan
 V Xive startoval festival Lazgi  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ministerstvo kulturi respubliki Uzbekistan
 V Xive startoval festival Lazgi  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ministerstvo kulturi respubliki Uzbekistan
 V Xive startoval festival Lazgi  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ministerstvo kulturi respubliki Uzbekistan
 V Xive startoval festival Lazgi  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Festival doirasida “Xorazm “Lazgi” raqsi: Madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy – nazariy, ma’naviy – ma’rifiy tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, festival doirasida raqs tanlovi o‘tkazilmoqda, unda xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ijodiy bellashmoqda. Qolaversa, xorijlik mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va mahorat darslari, konsert tomoshalari va “Xorazm lazgi raqsi” san’atiga oid ko‘rgazmalar tashkil etilgan.
Festivalning tantanali yopilish va g‘oliblarini taqdirlash marosimi 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
“Gran-Pri mukofoti - 7 000 dollarni tashkil etdi. 1-2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yo‘nalishda 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) bo‘yicha 5 000, 3000, 2000 dollardan mukofotlanadi”, — deyiladi xabarda.
Milliy "Lazgi" baletining Moskva premyerasi qanday o‘tdi — video
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston har ikki yilda bir marotaba 25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi. 2022-yili bo‘lib o‘tgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalida dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod ishtirokchi qatnashgan.
Saida Mirziyoyeva i Valentina Matviyenko na premyere baleta Lazgi v bolshom Teatre v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Biz "Lazgi" Rossiyaga yana qaytishiga kelishib oldik - Matviyenko
Yangiliklar lentasi
0