Ozarbayjonda O‘zbekiston rassomlarining “Oshiq darvesh” nomli ko‘rgazmasi ochildi

© IA "Dunyo"V Baku otkrilas vistavka xudojnikov-miniaturistov Uzbekistana
V Baku otkrilas vistavka xudojnikov-miniaturistov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Obuna bo‘lish
"Oshiq darvesh" nomli ko‘rgazmada 80 dan ortiq tasviriy va dekorativ san’at asarlari namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ozarbayjon milliy san’at muzeyida O‘zbekiston zamonaviy miniatura san’ati ustalarining "Oshiq darvesh" nomli ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Ushbu ko‘rgazma ikki qardosh mamlakat o‘rtasida san’at sohasida hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tadbirlar orqali madaniy merosni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Akilova, elchi Baxrom Ashrafxonov, shuningdek, taniqli o‘zbek rassomlari, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari, Ozarbayjon milliy san’at muzeyi, Ozarbayjon rassomlar uyushmasi rahbariyati va yetakchi ozar madaniyat va san’at namoyondalari ishtirok etdi.
"Oshiq darvesh" nomli ko‘rgazmada 80 dan ortiq tasviriy va dekorativ san’at asarlari namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va Ozarbayjon Milliy san’at muzeyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar, tajriba va bilim almashish, ko‘rgazmalar, ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ko‘rgazma 8-mayga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0