O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV Uzbekistane planiruyut postroit perviy musorosjigatelniy zavod
V Uzbekistane planiruyut postroit perviy musorosjigatelniy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2024
Obuna bo‘lish
Ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 2-may kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van Bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar, shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimi borasida vazirlik zimmasiga yuklangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsiya jozibadorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Xitoy tomoni chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar potensial hamkorlar va investorlar uchun aniq belgilab berilganini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoyning “China CAMC Engineering Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0