BAA ishbilarmon doiralari O‘zbekistonga jalb etiladi

© Komitet po turizmuUzbekistan i OAE aktiviziruyut otnosheniya v sfere turizma
Uzbekistan i OAE aktiviziruyut otnosheniya v sfere turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA turizm sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ishbilarmon doiralari O‘zbekistonga jalb etiladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev BAA iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk Al Marri bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik darajasi va sohadagi aloqalarni keskin jadallashtirish, jumladan, davlatlar orasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.
“Uchrashuv yakuniga ko‘ra o‘zaro turizm targ‘ibot kampaniyalarini kuchaytirish, BAA ishbilarmon doiralari va sarmoyadorlarini mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
BAA O‘zbekistondagi IT korxonalarning o‘sishiga yordam beradi — tafsilotlar
Ma’lumot uchun, 2023-yil yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 tadan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi. Bundan tashqari, yuqori texnologiyalar, energetika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, IT, infratuzilma, logistika va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0