AQSh Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi

© Foto : U.S. Army / Spc. Jensen GuilloryAmerika qo‘shinlari Suriya shimoli-sharqida.
Amerika qo‘shinlari Suriya shimoli-sharqida. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2024
Obuna bo‘lish
Kongressmen Jeffris: Agar Ukraina qulasa, AQSh mojaroga aralashishi mumkin.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. AQSh Ukraina qulagan taqdirda, o‘z qo‘shinlarini kiritish bilan mojaroga aralashishi mumkin. Bu haqda Vakillar palatasidagi demokratik ozchiliklar yetakchisi Xakim Jeffris CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz Ukrainaning qulashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, chunki agar u qulasa, Amerika mojaroga nafaqat pulimiz, balki harbiylarimiz bilan ham aralashishimizga to‘g‘ri kelishi ehtimoli katta”, — dedi u.

Demokratlar yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Respublikachilar partiyasida Rossiyaga xayrixoh fraksiya kuchayib bormoqda, ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni istamaydi va “negadir Rossiya AQShning dushmani emas, deb hisoblaydi”. Jeffrisga ko‘ra, Vakillar palatasida bu yo‘nalishning asosiy tarafdori respublikachi Marjori Teylor Grindir.
Covetnik prezidenta SShA po natsionalnoy bezopasnosti Djeyk Sallivan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2024
AQShning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi — Baydenning maslahatchisi
Yangiliklar lentasi
0