O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qancha miqdorda pul olishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2024
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biri yigirma million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti oladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga yigirma million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Urush qatnashchilari va nogironligi bor shaxslar mamlakatda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safda turib, Vatanning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan rag‘batlantiriladi.
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin”, — deyiladi xabarda.
Hujjatda qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshiriladi.
V Tashkente ko Dnyu pamati i pochestey otkrilas unikalnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi - noyob suratlar
Yangiliklar lentasi
0