Sizdek nuroniylarning duolari bizga madadkor bo‘ladi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda ham bir guruh urush faxriylari gospital va sanatoriylarda davolanmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Masalan, Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqo‘rg‘on tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev O‘rtachirchiq tumanidan kelib davolanmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Nuroniylar prezidentga nevara-chevaralarining o‘qish va ishlari, yutuqlari haqida so‘zlab berishdi. Bobolar ularni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etib keladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
“Hamma harakatlarimiz xalqimizni rozi qilish uchun, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Islohotlar natijasi eng quyiga, har bir xonadonga kirib borishini istaymiz. Rejalarimiz ham katta. Hamma jipslashsa, birgalikda harakat qilsa, o‘ylagan niyatlarimizga tezroq yetishamiz. Sizdek nuroniylarning duolari bunda bizga madadkor bo‘ladi. Sizlarning hayotingiz iroda, jasorat maktabi, gaplaringiz yoshlarga ibrat”.
Gospitalda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari munosib parvarish qilinmoqda. Bu muassasa mukammal ta’mirlanib va yangi binolar qurilib, 2022-yil foydalanishga topshirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev navestil veteranov voyni
Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi. Buning uchun 286 xil diagnostik tekshiruv, 600 dan ortiq amaliyotlar yo‘lga qo‘yilgan, 30 ga yaqin ixtisoslashgan bo‘limlar tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0