18:31 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Rejisser Teatra im Mayakovskogo Nikita Kobelev vo vremya poyezdki po Uzbekistanu

Sahrodagi Luvr yoki moskvalik rejissyor Orol dengizi tubida nimani eshitdi

Foto iz lichnogo arxiva Nikitы Kobeleva
Analitika
Havola olish
314620

Vladimir Mayakovskiy nomidagi teatr rejissyori Nikita Kobelev Nukus-Xiva-Buxoro-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻylab safar qildi va sayohat taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi Sputnik, Aleksey Stefanov.

Nikita Kobelev Nukus shahri va uning "sahrodagi Luvri" — Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyi haqida oʻtgan yilning aprelida bilgandi. Oʻshanda Moskvadagi Mayakovskiy nomidagi teatr rejissyori va uning hamkasbi litvalik dramaturg Maryus Ivashkyavichus shov-shuvlarga sabab boʻlgan Moskvadagi "Nukus xazinasi" koʻrgazmasida boʻlishgandi.

Kobelev va Ivashkyavichus shunda Nukus shahriga sayohat qilishni, u yerdan Oʻzbekistondagi turistik shaharlarga borishni niyat qilishgandi.

Sanʼat ortidan Oʻzbekistonga

"Oʻzbekistonda oʻn kun boʻldik. Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukusga borish uchun — u poytaxt Toshkentdan 1200 km uzoqda joylashgan — ikki marta samolyot almashishga toʻgʻri keldi. Shaharning oʻzi hech narsasi bilan ajralib turmaydi, lekin muzey — moʻʼjiza. Uni bir kishi — sanʼatshunos Igor Savitskiy tashkil etgan. Oʻtgan asrning 60-70-yillarida u butun sobiq Ittifoq boʻylab oʻsha paytda hech kimga qiziq boʻlmagan avangardchilar va post-avangardchilar moʻyqalamiga mansub asarlarni toʻplagan. 60-yillarda uchta xonadan iborat boʻlgan muzey uchta haybatli binoga aylangan va bugungi kunda bu yerda 90 mingga yaqin kartina saqlanadi", — deydi Nikita Kobelev.

Kobelev va Ivashkyavichus Nukusdan quriyotgan Orol dengiziga otlanishdi.

"Cheksiz sahrodagi zanglagan kemalarni koʻrib koʻzlaringizga ishongingiz kelmaydi. Qurigan dengiz tubida ovozlarni eshitish imkoniyati hayratga soldi. Bizdan yarim kilometr naridagi mayoqda odamlar gaplashib turishardi va biz ularning har bir soʻzini aniq eshitdik. Bu gʻaroyib holatni izohlash qiyin. Soʻngra bir paytlar baliq-konserva zavodi joylashgan shaharda boʻldik, hozirda uning toʻrt ming nafar aholisi qanday tirikchilik qilayotgani tushunarsiz", — deydi rejissyor.

Korabl na dne vыsoxshego Aralskogo morya v Karakalpakstane
Foto iz lichnogo arxiva Nikitы Kobeleva.
Korabl na dne vыsoxshego Aralskogo morya v Karakalpakstane

"Sahrodagi zanglagan kemalar — sovet hukumati boshqaruvining oqibati degan his uygʻonadi. Kemalar bor, dengiz esa yoʻqolib ketgan", — deydi Kobelev.

Sahroda ham goʻzallikka guvoh boʻlish mumkin

Soʻngra rejissyor va dramaturg Xiva-Buxoro-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻylab yoʻlga chiqishdi.

"Menga koʻproq Buxoro yoqdi. Biz nafaqat turistlarga xizmat koʻrsatiladigan, balki oddiy odamlar yashaydigan qadimiy shaharga kelib qoldik. Lekin globalizatsiya hammaga taʼsiri oʻtkazgan. Xiva — butunlay turistik shahar. Samarqand — ancha zamonaviy va Rossiyadagi shaharlardan unchalik ajralib turmaydi. Lekin moviy gumbazlar va Registonning oʻziga xos meʼmorchiligi hayratga soladi", — deydi rejissyor.

Kobelev Ivashkyavichyus bilan Oʻzbekiston boʻylab mashinada sayohat qilishdi. Hattoki shunday uzoq yoʻl ham sayohatchilarga rohat bagʻishlagan.

"Xivadan Buxorogacha sakkiz soat yoʻl yurasiz — bu olti yuz kilometr. Lekin yoʻl yurishingizga arziydi. Ovqatlangani kafega kirasan, atrofing faqat sahrodan iborat va boshqa hech narsa yoʻq — goʻzallik!".

Dostoprimechatelnosti drevney Xivы
Foto iz lichnogo arxiva Nikitы Kobeleva
Dostoprimechatelnosti drevney Xivы

Moskvalik mehmonlarning sayohati Toshkentda nihoyasiga yetdi. Ular sovet davrida tashkil etilgan mustaqil va mashhur "Ilhom" teatrida boʻlishdi.

"Biz hamkasblarimiz bilan avvalroq gaplashib qoʻygandik, bizni juda iliq kutib olishdi. U yerda "It yurak" spektaklini tomosha qildik", — hikoya qiladi Kobelev.

Toshkent sayohatchilarda unchalik katta taassurot qoldirmadi — rejissyorning aytishicha, bu yerda qadimiy inshootlar deyarli yoʻq ekan.

Sharq boʻyicha mutaxassislar

Rejissyor va dramaturg ushbu sayohatdan yana bir maqsadni koʻzlashgandi — haqiqiy oʻzbek taomlaridan bahramand boʻlish. Kobelev va Ivashkyavichyus haqiqiy palov, manti, lagʻmonni totib koʻrishdi. Ammo rejissyorning aytishicha, "oʻzbek taomlari ular uchun ogʻirlik qilar ekan".

Moskvaga qaytgach, Kobelev va Ivashkyavichyus Nukusda ijod namunalari boʻlgan rassomlarning boshqa kartinalarini tomosha qilish uchun Sharq muzeyiga kirishdi.

"Ikkimizning suhbatimizga bir ayol diqqat bilan quloq solib turgan ekan. Nihoyat u chiday olmay soʻradi: "Bularning barini qayerdan bilasizlar?" Oʻzbekistondan qaytganimizdan soʻng biz Sharq sanʼati boʻyicha mutaxassis boʻlib ketibmiz", — kuladi Nikita Kobelev.

Qayd etish joiz, Moskvadagi Sharq muzeyida koʻplab kartinalar kollektsiyasi, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy kiyim va bezaklari saqlanadi.

Asosiy mavzular