06:50 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Andrey Serenko

Serenko: Oʻzbekiston va Tojikiston sensatsion kelishuvni imzoladi

© Facebook / Andrey Serenko
Analitika
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)
95301

Siyosatshunos, zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish Markazi eksperti Andrey Serenko Tojikiston va Oʻzbekiston munosabatlari haqida fikr bildirdi

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston munosabatlarida tub burilish yuz berdi, deya ishonch bilan gapirdi Andrey Serenko. Uning fikricha, ikki respublika oʻrtasida uzoq vaqt davomida sovuq urush borgan, bu urush turli nizolarda namoyon boʻlgan.

"Bahslashish uchun bahonalar yetarli boʻlgan, lekin yarashish uchun sabablar boʻlmagan va respublikalar bir-biridan yopiqlikda yashagan", — dedi Serenko Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Ekspert agarda hattoki Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon birorta ham kelishuvni imzolamagan taqdirda ham Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifining oʻzi ulkan ahamiyat kasb etadi deb hisoblaydi.

"Oʻzbekistonning Tojikiston energetik loyihalari, Rogʻun GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligini shubhasiz sensatsiya deb atash mumkin. Dushanbe va Toshkent munosabatlaridagi aksariyat nizoli holatlarning manbai aynan Rogʻun boʻlib kelgandi", — dedi siyosatshunos.

U bugungi oʻzgarishlarga Mirziyoyevning harakatlari turtki boʻlganligini taʼkidladi. Serenko bu dastlabki qadamlar ortidan ikki mamlakatning yaqinlashuvi yuz berishiga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, ikki davlat rahbarlari hamda delegatsiyalar vakillari turli sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisida 27 hujjatga imzo chekishdi. Ular orasida Doʻstlik va yaxshi qoʻshnilikni mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot, Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnoma bor.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)

Asosiy mavzular