18:49 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Ajdar Kurtov. Arxivnoye foto

Kurtov: AQSH Oʻzbekiston bilan savdoda Xitoy va Rossiyaga tenglasha olmaydi

© Stranitsa Ajdara Kurtova v Facebook
Analitika
Havola olish
134621

Siyosatshunos Ajdar Kurtov AQSH Oʻzbekistonda Rossiya va Xitoyga raqobatchi boʻla olishi mumkinmi va Vashington Markaziy Osiyoda birinchi galda qanday manfaatlarni koʻzlayotgani haqida fikr bildirdi

Oʻzbekiston prezidentining okean orti safari doirasida Toshkent va Vashington toʻrt milliard dollarlik bitimlarni imzolashni rejalashtirmoqda. Ekspert fikriga koʻra, amerikaliklar uchun ushbu muzokaralarda iqtisoddan koʻra geosiyosat muhimroq.

"Katta Markaziy Osiyo loyihasi haqida unutmaslik kerak. Ushbu loyiha doirasida AQSH mintaqa mamlakatlarini Gʻarbga qaratishni va regionni Rossiya taʼsiridan yulib olishni rejalashtirgan. Oʻzining "Bir kamar, bir yoʻl" loyihasi bilan Xitoy ham AQShning geosiyosiy raqiblaridan biri sanaladi. Iqtisodga keladigan boʻlsak, u holda bu yerda qandaydir jiddiy narsaga umid qilishga hojat yoʻq. Oʻzbekistonning xom-ashyo eksporti salohiyati Turkmaniston va Qozogʻiston darajasidamas, Vashington qila oladigan yagona narsa — mamlakatda faol ishlayotgan Rossiya neft va gaz kompaniyalariga muqobil kompaniyalarni taklif etishi mumkin", — deb taʼkidladi Kurtov.

Iqtisodiy munosabatlar haqida gapirar ekan, AQSH Oʻzbekistonning Rossiya yoki Xitoy bilan aloqalariga teng alternativ taklif bera olmasligini aytib oʻtdi.

Ekspert fikrini toʻliq quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular