Fodorov Xitoy va AQShning O‘zbekistonda ko‘zlayotgan manfaatlari va Toshkent tanlovi haqida

© Foto s lichnoy stranisi Nikolaya Fedorova na FacebookKandidat istoricheskix nauk Dotsent kafedri amerikanskix issledovaniy SPbGU Nikolay Fedorov
Kandidat istoricheskix nauk Dotsent kafedri amerikanskix issledovaniy SPbGU Nikolay Fedorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg universiteti Amerikaga oid tadqiqotlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Nikolay Fodorov Xitoyning Markaziy Osiyodan ko‘zlayotgan manfaatlari va u bu manfaatlarni, xususan, AQSh bilan raqobatchi sifatida, qanday himoya qilishga tayyorligi xususida fikr bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy tashrifi kechayotgan bir sharoitda Toshkentda Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi doirasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi istiqbollariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Pan Davey, direktor Sentra issledovaniy Rossii i stran Sentralnoy Azii pri ShAON - Sputnik O‘zbekiston
"It hurar, karvon o‘tar": O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari mustahkam, dedi ekspert

Ekspert fikriga ko‘ra, bu kabi holatlar, O‘zbekiston anchadan buyon namoyon etib keladigan ko‘pvektorli siyosatga mos tushadi.

Shu bilan birga, Fedorov, Markaziy Osiyo mintaqasida Xitoy ham, AQSh ham o‘z manfaatlarini ko‘zlashini qayd etib o‘tdi.

"Xitoy uchun Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkiyoqlama aloqalargina emas, balki, strategik va iqtisodiy hamkorlik ham muhim. O‘zbekiston va butun mintaqa — Xitoy va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘ziga xos bufer hudud hisoblanadi, shuningdek u Yevropa bozorlariga chiqish uchun imkoniyat ham. AQShning maqsadi esa boshqa — u Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga nisbatan Xitoy va Rossiya ta’sirini kamaytirmoqchi. Bundan tashqari, Vashington uchun turli energetik sohadagi loyihalar hamda Afg‘onistonda o‘z rejalarini amalga oshirish ham qiziq", — deya tushuntirdi ekspert.

Mana shu paradigmada, deya qo‘shimcha qildi u, Toshkent turli davlatlar — Rossiya, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik kursini davom ettirmoqda. Bu bilan, deya taxmin qiladi Fodorov, O‘zbekiston Xitoy tomonidan bo‘ladigan bosim richaglaridan o‘zini chetga olib, mustaqil siyosat olib borishga harakat qilmoqda.

Ekspertning to‘liq sharhini rus tilida quyidagi radiopodkast orqali tinglashingiz mumkin.

Fedorov ob interesax Kitaya i SShA v Uzbekistane i vibore Tashkenta

Yangiliklar lentasi
0